AQSh Prezidenti Donald Tramp Angliya terma jamoasi sardori Keynning Meksikaga qarshi o'yindagi harakatlaridan mamnun bo'ldi. Jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan uchrashuv inglizlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Tramp o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qisqa xabar qoldirdi:

«Angliyalik Xarri Keyn — BUYuK o'yinchi!!!»

Joriy jahon chempionatida hujumchi 6 ta gol urdi va to'purarlar poygasi peshqadamlari — Lionel Messi, Kilian Mbappe hamda Erling Xolanddan atigi bitta golga orqada qolmoqda.

Manba: Stadion.uz