Tramp JCh-2026dagi ilk o'yin oldidan Pochettinoga qo'ng'iroq qildi — suhbat tafsilotlari ma'lum bo'ldi

O'z uyida o'tayotgan Jahon chempionatining ilk uchrashuvida AQSh terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs oldidan Amerika jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga AQSh prezidenti Donald Tramp qo'ng'iroq qildi.
«Siz ajoyib insonsiz, haqiqatan ham ajoyib insonsiz. Biz sizning boy tajribangiz va muvaffaqiyatlaringizdan xabardormiz. Menimcha, sizda musobaqaning eng yakuniga (finalgacha) etib borish uchun juda yaxshi imkoniyatlar bor. Sizga omad tilamoqchiman», — deya Trampning Pochettino bilan telefon suhbatidagi so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.
AQSh — Paragvay uchrashuvi 13 iyun kuni bo'lib o'tadi.