Tramp JCh-2026 qur'asiga tashrif buyuradi - Oq uy buni tasdiqladi

Donald Tramp JCh-2026 guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida ishtirok etadi.
Tadbir 5 dekabr kuni Vashingtonda bo'lib o'tadi.
AQSh rahbari matbuot kotibi Kerolayn Levitt: "Prezident Tramp juma kuni Kennedi markazida qur'a tashlash marosimiga tashrif buyuradi," - dedi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 2026 yilning yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.