«Traktor» bosh murabbiyi: «Bizda «Nasaf» haqida aniq ma'lumotlar bor»

Eronning «Traktor» klubi bosh murabbiyi Dragan Skochich ertangi «Nasaf»ga qarshi Elit Chempionlar ligasi 5-tur o'yini oldidan qarshiliklarning kuchiga baho berdi.
«Bizda raqib haqida aniq ma'lumotlar bor. Ular kerakli natijalarga erisha olmagan bo'lsalar-da, bu ularga bo'lgan hurmatimizni kamaytirmaydi. Bizni oldinda qiyin o'yin kutmoqda va biz bunga tayyormiz», - dedi 57 yoshli mutaxassis matbuot anjumanida.
Ertangi uchrashuv, 18:45'da start oladi.
Manba: https://t.me/tractorclub1970