Trafford "Manchester Siti"ni tark etadimi?

"Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford "Beshiktosh"dan bo'layotgan qiziqishga qaramay "shaharliklar" safida qoladi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli ingliz darvozaboni jamoaga hattoki Janluidji Donnarumma kelib qo'shilgan taqdirda ham Gvardiolaning asosiy rejalaridan chiqib ketmaydi.
Eslatib o'tamiz, Trafford iyul oxirida "Byornli"dan 31 million evroga sotib olindi. Uning shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.