"Roma"ning sobiq sardori Franchesko Totti Rim derbisi boshqalaridan nimasi bilan farq qilishini aytib o'tdi.

21 sentyabr kuni A Seriya 4-turi doirasida "Latsio" va "Roma" o'zaro to'qnash keladi.

"Rimliklar buni boshqalar kabi boshdan kechirmaydilar. Har bir derbi bir-biridan farq qiladi. Bu o'yinning ahamiyatini faqat rimliklar tushunadi," - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi RomaPress.

"Latsio" 3 turdan so'ng 3 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda. "Roma" hisobida olti ochko va turnir jadvalida ettinchi o'rin bor.