Totti nega «Real»ga o'tishi barbod bo'lganini aytib berdi

"Roma"ning sobiq futbolchisi Franchesko Totti Madridning "Real" klubiga o'tish arafasida bo'lganini esladi.
"Bo'rilar"ning sobiq sardori 2004 yilda ispan grandi safiga qo'shilishi mumkin edi, ammo u faoliyatining oxirigacha rimliklarga sodiq qoldi.
"Real"ga muvaffaqiyatsiz transfer? Ha, faqat bir narsa - mening imzom etishmasdi. Yuragim qolish kerakligini aytdi", - deya jahon chempionining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Franchesko Totti "Roma" safida jami 785 ta o'yinda maydonga tushib, 307 ta gol va 205 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U 2017 yilda faoliyatini yakunlagan.