Totti: «Messi «Roma»da birorta «Oltin to'p» yutmasdi»

"Roma"ning afsonaviy sobiq o'yinchisi Franchesko Totti Lionel Messining yutuqlari haqida fikr bildirdi.
Hozirda "Inter Mayami" safida to'p tepayotgan "Barselona" va "PSJ"ning sobiq hujumchisi rekord darajada 8 marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.
"Sizningcha, agar Messi "Roma"da 25 yil o'ynaganida qancha "Oltin to'p" olardi? Bironta ham. Unday bo'lsa, men qanday qilib hech bo'lmaganda bittasini yutishim mumkin edi?" - deya o'ziga savol beradi Totti.
"Sen ahmoqsan, bu sening aybing," - dedi Antonio Kassano sobiq terma jamoadoshiga. - "Sen "Real"ga o'tishing kerak edi - o'shanda bir nechta sovrin yutgan bo'larding."
Yaqinda "PSJ" futbolchisi frantsiyalik Usmon Dembele "Oltin to'p" sohibiga aylandi.