Hujumchi Randal Kolo-Muani "Tottenxem"ning "Manchester Yunayted"ga qarshi kechgan so'nggi o'yinida jag'ini sindirib oldi va Frantsiya terma jamoasiga bora olmadi. Kolo-Muani sakkiz haftagacha safdan chiqishi mumkinligi taxmin qilingan edi, ammo jarrohlik amaliyoti kerak bo'lmadi.

The Telegraph xabariga ko'ra, 26 yoshli Kolo-Muani allaqachon mashg'ulotlarda qatnashmoqda - jag'ni himoya qilish uchun maxsus niqobda. Frantsuz "Arsenal"ga qarshi derbida maydonga tushishi ham ehtimoldan xoli emas. O'yin 23 noyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

Kuz boshida "Tottenxem" Kolo-Muanini "PSJ"dan ijaraga olgandi. O'shandan beri hujumchi sakkizta o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.