Jeyms Meddison 2025 yilning may oyidan beri ilk bor «Tottenxem» safida rasmiy o'yinda maydonga tushdi.

«Shporlar» yarim himoyachisi 7 avgust kuni «Nyukasl»ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida (1:1) tizzasidan jarohat olgan edi. Ingliz futbolchisida oldingi xochsimon bog'lamlar uzilishi tashxisi qo'yildi va u operatsiya qilindi.

29 yoshli futbolchi APLning 36-turi doirasidagi «Lids»ga qarshi bahsda (1:1) safga qaytdi. U o'yinning 85-daqiqasida Matis Telni almashtirdi.

Shu tariqa, Meddisonning oxirgi rasmiy uchrashuvdagi ishtirokidan beri bir yildan ortiq vaqt (368 kun) o'tdi.

U so'nggi bor 2025 yil 8 may kuni Evropa Ligasi yarim finali doirasidagi «Bude-Glimt»ga qarshi kechgan dastlabki o'yinda maydonga tushgan edi.