«Tottenxem» yarim himoyachisi «Chelsi»ning qiziqishiga qaramay klubda qolmoqchi

«Tottenxem» yarim himoyachisi Lukas Bergvall jamoasini o'zgartirish ishtiyoqida emas. 20 yoshli futbolchiga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda, shuningdek, «Aston Villa» ham vaziyatni kuzatib boryapti.
Football Insider nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, Bergvallning o'zi klubdan ketishga qiziqmayapti. Biroq, agar «shporlar» Premer-ligadan tushib ketish xavfidan qutula olmasalar, u o'z pozitsiyasini qayta ko'rib chiqishiga to'g'ri kelishi mumkin.
Lukas Bergvall joriy mavsumda «Tottenxem» safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shvetsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2031 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari istiqbolli xavbekning transfer narxini 40 mln evroga baholamoqda.