Londonning "Tottenxem" klubi "Nottingem Forest" hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, "shporlar" yanvar oyida 25 yoshli ingliz uchun 65-70 million evrolik taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.

Morgan avgust oyida "o'rmonchilar" bilan 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt uni 50 million evroga baholamoqda.