"Tottenxem" yangi transfer e'lon qildi

"Tottenxem" "Santos" himoyachisi Souza transferini e'lon qildi.
London klubi 19 yoshli braziliyalik futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Sky Sports xabariga ko'ra, "shporlar" futbolchi uchun 15 million evro to'lagan.
Souza - "Santos" tarbiyalanuvchisi. U barcha turnirlarda jamoa safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.