"Tottenxem" yangi hujumchi uchun 46 million sarflashi mumkin

"Vulverxempton" forvardi Yorgen Larsen Londonning "Tottenxem" klubiga o'tishi mumkin. "Shporlar" Muhammad Quddusning jarohati tufayli hujum chizig'ini kuchaytirishga intilmoqda.
ChronicleLive ma'lumotlariga ko'ra, ehtimoliy bitim summasi taxminan 46 million evroni tashkil qilishi mumkin. 25 yoshli norvegiyalik hujumchi xizmatiga "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Nottingem Forest" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Skandinaviyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 18 ta o'yin o'tkazdi. Larsen hisobida 1 ta gol bor.
"Shporlar" 20 turdan so'ng 27 ochko bilan mamlakat chempionati turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.