6 iyul kuni Londonning «Tottenxem» klubi «Nyukasl»dan 26 yoshli yarim himoyachi Sandro Tonali sotib olinganini e'lon qildi.

OAV xabarlariga ko'ra, kelishuv summasi 117 million evroni tashkil etdi. Shu tariqa, ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi. «Shporlar» bor-yo'g'i bir necha kun ichida ikkinchi bor o'z rekordlarini yangilashdi.

Bundan oldin jamoaning eng qimmat yangi a'zosi portugaliyalik Mateush Fernandesh bo'lib turgan edi, u «Tottenxem»ga «Vest Xem»dan 99 million evro evaziga o'tgandi. Ungacha esa etakchilik Xavi Simonsga (65 million evro) tegishli edi.

Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining o'tgan mavsumini poytaxt klubi 17-o'rinda yakunlab, 38 turda 41 ochko jamg'argan edi.

Manba: Stadion.uz