«Tottenxem Xotspur» jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi lavozimiga amaldagi futbolchi Ben Devis tayinlanishi mumkin, deb xabar bermoqda The Telegraph.

«Shporlar» himoyachisi Ben Devis to'piq jarohati tufayli yanvar oyidan buyon maydonga tushmagan. Shuning uchun klub rahbariyati 32 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar bosh murabbiy lavozimiga jiddiy nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, u jamoadagi eng hurmatga sazovor o'yinchilardan biri hisoblanadi va murabbiylik bo'yicha tahsil olmoqda.

29 mart kuni «Tottenxem Xotspur» bosh murabbiy Igor Tudor bilan xayrlashganini e'lon qildi. Uning qo'l ostida jamoa etti o'yinda besh marta mag'lubiyatga uchradi.

Ayni paytda jamoa 30 ochko bilan Angliya Premer-ligasi jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va tushib ketish hududidan atigi bir ochkoga ustunlik qilmoqda.

Manba: championat.com