Londonning "Tottenxem" klubi "Gamburg" safida ijara asosida to'p tepayotgan 18 yoshli xorvatiyalik himoyachi Luka Vushkovichning harakatlaridan mamnun. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "shporlar" markaziy himoyachining "Gamburg"dagi o'yinlarini muntazam kuzatib bormoqda va undan juda mamnun. Ta'kidlanishicha, "Tottenxem" Vushkovichni bo'lajak loyihaning asosiy qismlaridan biri deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Aytish kerakki, "Tottenxem" Vushkovichni o'tgan yozda 11 million evroga xarid qilgan edi. Biroq, klub uni darhol "Gamburg"ga ijaraga berdi.