"Tottenxem" vingeri Portugaliyaga ko'chib o'tishi mumkin

"Tottenxem" klubi qanot hujumchisi Manor Solomon faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
26 yoshli isroillik futbolchini qo'lga kiritish uchun kurashda "Benfika" etakchilik qilmoqda. Yaqin orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va transferni yakunlash uchun Portugaliyaga uchishi mumkin.
Solomon Transfermarkt portalida 14 million evroga baholanmoqda. Uning "shporlar" bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.