"Tottenxem" Vikarioni "Inter"ga qanchaga sotishi mumkinligi aytildi

Angliyaning "Tottenxem" klubi 29 yoshli italiyalik darvozabon Gulelmo Vikarioning sotuvi uchun 25 mln evro talab qiladi. Bu haqda "L’Interista" nashri yozmoqda.
Darvozabon uchun asosiy da'vogar — "Inter". Milan klubida Vikario 37 yoshli Yan Zommerning o'rnini bosa oladi deb hisoblashmoqda.
Gulelmo Vikario 2023 yilda "Empoli"dan "Tottenxem"ga o'tgan edi. Ushbu mavsumda u klub safida 36 ta o'yin o'tkazib, ularning 13 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.