"Tottenxem" "Vasko da Gama" iste'dodiga ko'z tikdi

Londonning "Tottenxem" klubi 19 yoshli braziliyalik yarim himoyachi Rayanga qiziqish bildirmoqda. U yanvar oyidayoq klubga ko'chib o'tishi mumkin. Buning uchun katta miqdordagi mablag'ni sarflash kerak bo'ladi, deya aniqlik kiritadi O Dia. "Vasko da Gama" istiqbolli futbolchi uchun 50 million evrogacha pul olmoqchi.
Manbaga ko'ra, futbolchini Madridning "Real" klubi ham kuzatib bormoqda.
Hozirda "Tottenxem" APL turnir jadvalida atigi o'n to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Kommentariyalar