Londonning «Tottenxem» klubi 25 yoshli markaziy himoyachisi Mikki van de Venni qancha mablag' evaziga sotishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

«De Telegraaf» nashrining ta'kidlashicha, «shporlar» rahbariyati niderlandiyalik futbolchining transferini 115 million evroga baholamoqda. Van de Venga ikkita grand klub — Ispaniyaning «Barselona» va Angliyaning «Liverpul» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan klub mavsumida van de Ven barcha turnirlarni inobatga olgan holda 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi, raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol etdi va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Van de Venning «Tottenxem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz