"Brentford" hujumchisi Igor Tyago Angliya Premer-ligasining ikki klubi short-listida bor. Bu haqda Trivela xabar berdi.

Mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, "Tottenxem" qishki transferlar oynasi ochilishidan oldin Tyagoning atrofidagilar bilan bog'lanib, uning pozitsiyasini bilib olmoqchi. Bundan tashqari, 24 yoshli forvardga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Tyago o'nta uchrashuvda qatnashib, olti marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Ayni paytda u bir necha futbolchi bilan to'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Tyagoning narxi 22 million evroga teng.