Braziliyaning "Santos" klubi qanot himoyachisi Souza faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

Sky Sports xabariga ko'ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi bugun "Tottenxem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Shporlar" bu transfer uchun 13 million funt sarflaydi.

Souza shu vaqtga qadar "Santos" asosiy jamoasida 38 ta o'yinda 1 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt uni 5 million evroga baholamoqda.