«Tottenxem» Sandro Tonali transferi bo'yicha yangi taklif kiritdi.

London klubi «Nyukasl» yarim himoyachisining transferi uchun 100 million evrodan sal ko'proq mablag' taklif qildi, deb xabar bermoqda Djanluka Di Martsio. Hozirda «shporlar» «qarg'alar»dan javob kutishmoqda.

APLning o'tgan mavsumida Tonali 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz