«Tottenxem» Tonali transferini yakunlamoqda — tafsilotlar ma'lum

«Nyukasl»ning italiyalik yarim himoyachisi Sandro Tonali Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi «Tottenxem» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yarim himoyachi yiliga taxminan 14-15 million evro hamda sezilarli miqdordagi bonuslar ishlab topadi. Bu uning «Nyukasl»dagi hozirgi maoshidan ancha ko'pdir.
Ta'kidlanishicha, «shporlar» «qarg'alar» bilan ham kelishuvni yakunlash arafasida, faqat ayrim detallarni hal qilish qolgan. Tonalining transferi London klubiga 116 million evroga tushadi.
Yakunlangan mavsumda Tonali barcha musobaqalarda jami 53 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar