"Tottenxem" sobiq futbolchisi Igor Tudorni iste'foga chiqarishni talab qilmoqda

O'z vaqtida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan Jeymi O’Xara London jamoasining yomon natijalarida bosh murabbiy Igor Tudorni aybladi.
Xorvatiyalik mutaxassis tayinlanganidan so'ng "shporlar" ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lubiyatga uchradilar. Seshanba kuni inglizlar Chempionlar Ligasi 1/8 finalida Madridning "Atletiko" jamoasidan yirik (2:5) hisobida mag'lub bo'lishdi.
"O'zi nimalar bo'lyapti? Uni ishdan bo'shating. Men buni boshqa tomosha qila olmayman, buni televizorimdan yo'qoting. Bu murabbiy — firibgar. U men ko'rgan eng katta firibgardir", — deya ekspertning so'zlaridan iqtibos keltiradi TalkSport.
Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida "Tottenxem" 29 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.