"Tottenxem" hamon qishda o'z safiga yangi vinger qo'shib olishni rejalashtirmoqda. "Shporlar" "Bornmut"dan Antuan Semenoga da'vogarlik qilgandi, ammo ganalik uchun kurashda "Manchester Siti" g'alaba qozondi.

Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko'ra, londonliklar "giloslar" yulduziga muqobil futbolchi sifatida "RB Leyptsig"dan 19 yoshli Yan Diomandeni ko'rmoqda. Yosh yulduzning yuqori narxi muammo tug'dirishi mumkin - buning uchun 100 million evrodan ortiq mablag' talab qilinadi. Bundan tashqari, ivuarlik futbolchining transferi faqatgina 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin amalga oshishi mumkin.

Yan Diomandening Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 45 mln evro. Yosh vingerning hisobida "RB Leyptsig" safida joriy mavsum 16 o'yinda ettita gol va to'rtta samarali uzatma bor.