«Tottenxem» Savino transferi bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi

APLdan tushib ketish xavfidan qutulib qolgan «Tottenxem» yana «Manchester Siti» vingeri Savinoni sotib olishga harakat qilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, dastlabki muzokaralar allaqachon olib borilmoqda. O'tgan yozda braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishilgan edi, biroq «Manchester Siti» uni sotmaslikka qaror qilgani sababli transfer amalga oshmay qolgandi. Hozirda Savino klubni tark etishga tayyor, shuningdek, uni «Nyukasl» ham kuzatmoqda.
Yakunlangan mavsumda 22 yoshli futbolchi 36 ta o'yinda maydonga tushdi (har bir o'yinda o'rtacha 41 daqiqa). Uning hisobida 4 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.
Transfermarkt portali Savinoning bozor qiymatini 40 million evroga baholamoqda.