"Tottenxem" "Sanderlend" qanot himoyachisini sotib olmoqchi

Londonning "Tottenxem" klubi qishki transfer oynasida chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.
The Telegraph xabariga ko'ra, "shporlar" "Sanderlend" futbolchisi Dennis Chirkinni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
23 yoshli angliyalik futbolchi hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.