«Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romero yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «shporlar» 28 yoshli argentinalik futbolchini sotishga tayyor va undan 59 million evro ishlab olmoqchi. Shu bilan birga, futbolchining jarohatlarga moyilligi sababli klub uni 47 million evro atrofidagi mablag' evaziga ham qo'yib yuborishi mumkinligi istisno etilmayapti. Romeroga «Inter», «Real», «Barselona» va «Atletiko» klublari qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsumda Romero barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Romeroning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz