"Tottenxem" radarida yosh grek futbolchisi

"Tottenxem Xotspur" Bundesligadan futbolchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Volfsburg" markaziy himoyachisi Konstantinos Kulierakis Shimoliy London klubi radariga tushgan.
21 yoshli Gretsiya terma jamoasi a'zosi bu mavsumda o'zining ishonchli harakatlari bilan ajralib turibdi. U 2024 yilning yozida 4 karra Gretsiya chempioni bo'lmish "PAOK" klubidan xarid qilingan edi.
Kulierakis bu mavsumda 9 ta Bundesliga bahsining barchasida maydonga tushgan. Unga "Kristal Pelas" ham qiziqish bildirmoqda.
Manba: Sky Sports