Londonning "Tottenxem" klubi bir kalendar yilida o'z maydonida mag'lubiyatga uchrash bo'yicha klub antirekordini yangiladi.

APLning 17-turida "Liverpul"ga mag'lubiyat "shporlar" uchun 2025 yildagi 11-mag'lubiyat bo'ldi.

Uchrashuv 2:1 hisobida "qizillar" foydasiga hal bo'ldi.

17 turdan so'ng, Tomas Frank qo'l ostidagi londonliklar 22 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.