Argentina terma jamoasi matbuot xizmati himoyachi Markos Senesining JCh-2026 uchun jamoa qaydnomasiga kiritilganini e'lon qildi.

29 yoshli futbolchi tarkibda «Marsel» himoyachisi Leonardo Balerdining o'rnini egalladi. Balerdi jarohati sababli safdan chiqqani haqida 6 iyun kuni xabar berilgan edi.

10 iyun kuni «Tottenxem» Senesining «Bornmut»dan transfer qilinganini e'lon qildi. U londonliklar bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadigan 1 iyul sanasidan boshlab rasman jamoa a'zosiga aylanadi.

Argentina terma jamoasi JCh-2026ning «J» guruhida Jazoir, Iordaniya va Avstriyaga qarshi maydonga tushadi.