«Tottenxem»ning iqtidorli yarim himoyachisi faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin

«Tottenxem»ning iste'dodli yarim himoyachisi «Arsenal»ga o'tishi mumkin. CaughtOffside nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «kanonirlar» 20 yoshli Lukas Bergvall atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Agar «shporlar» APLni tark etsa, futbolchi klubdan ketishga tayyor.
Shuningdek, Bergvallning harakatlarini Londonning boshqa bir klubi — «Chelsi» ham kuzatmoqda. Agar «Tottenxem»ga 50 million evro miqdorida taklif tushsa, shvetsiyalik futbolchi jamoaning ashaddiy raqiblaridan biriga qo'shilishi mumkin.
Joriy mavsumda Lukas Bergvall «Tottenxem» safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million evroga baholamoqda.