"Tottenxem"ning asosiy hujumchisi 7 haftaga safdan chiqdi

"Tottenxem" hujumchisi Risharlison jarohati tufayli bir oydan ko'proq vaqtni o'tkazib yuboradi.
"Shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frank braziliyalik futbolchi sonining orqa qismidan jarohat olganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Risharlison taxminan 7 hafta maydonga tusha olmaydi.
Hujumchi joriy mavsum APLda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U ushbu turnirda jamoaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.