"Tottenxem"ning asosiy himoyachisi 2025 yilda boshqa maydonga tushmaydi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank himoyachi Destini Udodji tizza osti payidan olgan jarohati tufayli 2025 yilning oxirigacha maydonga tusha olmasligini tasdiqladi.
23 yoshli italiyalik futbolchi "Nyukasl"ga (2:2) qarshi bahsda jarohat olib, "Brentford"ga (2:0) qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.
"Afsuski, Destini "Nyukasl" bilan o'yin oxirida tizza osti payidan jarohat oldi, shuning uchun u yanvargacha safdan chiqdi," - dedi Frank matbuot anjumanida.
2025/26 yilgi mavsumda Udoji 15 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachi "Tottenxem"dagi faoliyati davomida tizza osti paylari bilan bog'liq muammolar tufayli 25 ta o'yinni o'tkazib yubordi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.