"Tottenxem"ni boshqarishga nomzodlar ro'yxati tuzildi

Londonning «Tottenxem» klubi keyingi mavsum uchun yangi bosh murabbiy tayinlashi mumkin. Ayni damda bu lavozimni Igor Tudor egallab turibdi.
Give me Sport nashrining xabar berishicha, ingliz klubining short-listidan (nomzodlar ro'yxati) uch nafar mutaxassis joy olgan. Bular — Roberto de Dzerbi, Maurisio Pochettino va Robbi Kin.
«Tottenxem» Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. O'tkazilgan 29 ta o'yindan so'ng jamoa hisobida atigi 29 ochko bor va ular turnir jadvalining 16-pog'onasida bormoqda. «Shporlar» xavfli hududdan atigi bir ochko oldinda, xolos.
So'nggi o'yinda Tudor shogirdlari o'z maydonida «Kristal Pelas»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.