"Tottenxem" "Napoli" hujumkor yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

"Napoli" hujumkor yarim himoyachisi Antonio Vergara faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, 23 yoshli italiyalik futbolchiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" ustozi Roberto de Dzerbi shaxsan o'zi rahbariyatdan ushbu transferni so'ragan.
Vergaraning Transfermarkt portalidagi qiymati 15 million evro. Uning shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.