«Tottenxem» muxlislari De Dzerbini klubda ko'rishni istashmayapti

Italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi Londonning «Tottenxem» klubi muxlislarining g'azabiga duchor bo'ldi. The Athletic nashrining xabar berishicha, «shporlar» ishqibozlari ushbu murabbiyning jamoaga taklif etilishiga qat'iy qarshi chiqishmoqda.
«Tottenxem»ning bir nechta muxlislar guruhi De Dzerbining «Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Meyson Grinvud borasidagi pozitsiyasidan norozi. Murabbiy «Marsel»dagi birgalikdagi faoliyati davomida hujumchini qo'llab-quvvatlagan edi. Avvalroq Grinvud oiladagi zo'ravonlikda ayblangan edi.
Hozirgi vaqtda «Tottenxem» bosh murabbiyi lavozimini Igor Tudor egallab turibdi. Bugungi holatga ko'ra, «shporlar» 30 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.