"Tottenxem" yozgi transfer oynasining so'nggi kunlarida hujum chizig'ini kuchaytirishga umid qilmoqda. London klubi "Manchester Siti" vingeri Savioga faol qiziqish bildirmoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, chorshanba kuni "Manchester Siti" "Tottenxem"ga klubning Savio bo'yicha pozitsiyasi o'zgarmayotganini ma'lum qilgan. "Shaharliklar" 21 yoshli braziliyalikni 70 million evrodan yuqori taklif bo'lsa ham qo'yib yubormaydi. "Siti" Savioni mavsum va kelajak uchun asosiy o'yinchi deb hisoblamoqda.

Romanoning ta'kidlashicha, "Manchester Siti"ning Savio bo'yicha bunday pozitsiyasi Rodrigoning "Real"dan transferini istisno qiladi.