"Tottenxem" hamon "Manchester Siti" vingeri Savioni sotib olish niyatida. "Shporlar"ning avvalgi taklifi rad etildi, biroq muzokaralar shu bilan yakunlanmadi. Jurnalist Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, London klubi 21 yoshli futbolchi uchun 75 mln evro taklif qiladi. Braziliyalikning o'zi allaqachon transferga rozilik bergan - endi barchasi "shaharliklar"ning qaroriga bog'liq.

Savioning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko'ra 50 mln evroni tashkil etadi. O'tgan yilning yozida Manchester grandi futbolchini Frantsiyaning "Trua" klubidan 25 mln evroga sotib olgan edi.