"Tottenxem" "Liverpul" himoyachisini tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi

Hozirda "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan Endryu Robertson kelasi yozda erkin agentga aylanishi mumkin.
31 yoshli shotlandiyalikning amaldagi shartnomasi joriy yil yozida yakunlanadi va hozirda uni uzaytirish ishlari olib borilmayapti.
This is Anfield xabariga ko'ra, vaziyatni "Tottenxem" kuzatib bormoqda. "Shporlar" allaqachon futbolchining vakillariga uni yozda o'z safiga qo'shib olishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Robertson 2017 yilda "Xall Siti"dan 9 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgan edi. U klub uchun jami 363 ta o'yinda 12 ta gol urib, 68 ta assist muallifi bo'lgan.