"Tottenxem" Keynning tovon pulidan foydalanmoqchi

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Xarri Keyn Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bild xabariga ko'ra, forvardga uning sobiq jamoasi "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "shporlar" rahbariyati Keynni kelasi yozda sotib olishni o'ylamoqda. "Tottenxem" futbolchining taxminan 65 million evro qilib belgilangan tovon pulidan foydalanish niyatida.