"Tottenxem" hujumchisi qachon safga qaytadi?

"Tottenxem" hujumchisi Dominik Solanke to'pig'idan operatsiya qilindi.
Bu haqda "shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frank ma'lum qildi.
"So'nggi paytlarda uning to'pig'i bezovta qildi. Biz kichik operatsiya qilishga qaror qildik. Uning qaytishi haqida ko'proq terma jamoadagi tanaffusdan so'ng bilib olamiz", - dedi Frank.
Solanke mavsumoldi mashg'ulotlarida jarohat olgan edi.