"Tottenxem" hali hamon o'z xavbekini sotishga umid qilmoqda

Londonning "Tottenxem" klubi hamon yarim himoyachi Iv Bissumani transfer oynasi ochiq bo'lgan mamlakat klubiga sotishga tayyor. Bu haqda Sky Sports yozmoqda.
Eslatib o'tamiz, Bissuma uch yil muqaddam, 2022 yilda "Brayton"dan "Tottenxem" tarkibiga qo'shilgandi. U "chaykalar" safida 2018 yildan buyon to'p surib kelayotgandi.
Avvalroq, xavbek "shporlar"ning Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilmagandi. Joriy mavsumda malilik futbolchi "Tottenxem" safida maydonga tushmagan. Transfermarkt portali uni 25 mln evroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan.