«Tottenxem» hujumchisi Risharlison o'z vatandoshi Gabriel dos Santosga murojaat qildi.

Gabriel penaltilar seriyasida xatoga yo'l qo'ygani sabab «PSJ» Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozondi. «Kanonirlar» penaltilar seriyasida 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Final taqdiri aynan himoyachi Gabrielning zarbasidan so'ng hal bo'ldi – u to'pni darvoza to'sinidan yuqoriga yo'lladi.

«Tushkunlikka tushma, birodar, oldinda jahon chempionati bor va sen u erda hammaga o'zingni ko'rsatasan», — deb yozdi Risharlison ijtimoiy tarmoqlarda.