"Tottenxem" futbolchisi: "Brayton"ga qarshi o'yin biz uchun finalga teng"

Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Destini Udoji Angliya chempionati doirasida «Brayton»ga qarshi bo'lib o'tadigan bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu biz uchun finalga teng. Agar Premer-ligada qolish imkoniyatiga ega bo'lishni istasak, hoziroq g'alaba qozonishni boshlashimiz kerakligini tushunib turibmiz. Bu juda muhim o'yin bo'ladi va ishonchim komilki, biz bor kuchimizni ishga solamiz», — deya Udojining so'zlarini keltiradi Sky Sports News.
32 turdan so'ng «Tottenxem» 18-o'rinni egallab, xavfli hududda bormoqda. Jamoani xavfsiz hududdan ikki ochko ajratib turibdi.
«Tottenxem» va «Brayton» o'rtasidagi bahs shanba kuni, 18 aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.