"Tottenxem" futbolchisi "Arsenal"ga qarshi o'yinga yaxshi tayyorlanish uchun terma jamoasi ixtiyoriga bormadi

"Tottenxem"ning hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Kudus "Arsenal"ga qarshi derbiga tayyorgarlik ko'rish uchun Gana terma jamoasi ixtiyoriga bormadi.
25 yoshli Kudus Premer-liganing ushbu mavsumining har bir o'yinida "Tottenxem"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.
Kudus bir necha kun oldin Evropa Ligasida “MYu”ga, shuningdek, “Kopengagen”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmadi, bu esa uni ushbu xalqaro tanaffusda Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadigan Gana terma jamoasiga chaqiruvdan bosh tortishiga sabab bo'ldi.
Evening Standard nashri xabariga ko'ra, Kudus ushbu xalqaro tanaffusdan foydalanib, 23 noyabr kuni "Arsenal"ga qarshi Shimoliy London derbisi oldidan jismoniy holatiga qaytadi.
Qayd etish joizki, joriy mavsumda Premer-ligada Kudusdan ko'ra ko'proq golli uzatmani amalga oshirgan boshqa o'yinchi yo'q.