"Tottenxem" darvozaboni A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Italiya grandi Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri manbalariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi yangi darvozabon uchun katta mablag' sarflashga tayyor. "Neradzurrilar"ning ayni damdagi ustuvor maqsadi Gulelmo Vikario bo'lib turibdi.
Qayd etilishicha, 29 yoshli italiyalik posbon Italiyaga qaytishni maqsad qilgan, uning agenti esa allaqachon "Inter" vakillari bilan aloqa o'rnatgan. Uning transferi taxminan 30 million evroga tushishi mumkin.
Bu mavsumda Gulelmo Vikario "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda 7 ta "quruq" o'yin o'tkazdi.