«Tottenxem» rahbariyati Roberto De Dzerbi bilan aloqaga chiqib, Igor Tudor iste'foga chiqarilganidan so'ng, jamoani boshqarishga tayyor yoki yo'qligini aniqlashga urindi. Italiyalik mutaxassis esa Angliya Premer-ligasida ishlashni istagani sababli yozgacha kutishni ma'qul ko'rmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

Insayder ma'lumotiga ko'ra, London klubi shuningdek Shon Daych, Adi Xyutter (sobiq «Monako» murabbiyi), Robbi Kin («Ferentsvarosh»), Kris Xyuton (sobiq «Brentford» murabbiyi) hamda Garri Rednapp nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, rahbariyat g'oyalaridan biri — murabbiylar shtabiga «Tottenxem» bilan bog'liq bo'lgan shaxsni qo'shish, hatto u bosh murabbiy bo'lmasa ham.

"Tottenxem"ni Igor Tudor 14 fevraldan boshlab boshqargan edi. Uning qo'l ostida jamoa etti o'yindan beshtasida mag'lubiyatga uchradi. Ayni paytda jamoa 30 ochko bilan Angliya Premer-ligasi jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va tushib ketish zonasidan atigi bir ochko oldinda bormoqda.

Manba: championat.com